JAMGʻARMALAR — 1) xarajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul;
2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoʻyish;
3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoʻli bilan kapital qoʻyilmalarni pul koʻrinishida jamlash;
4) pul va moddiy vositalarni maʼlum bir maqsad yoʻlida foydalanish uchun jalb etish (maye, pensiya jamgʻarmasi, investitsiya jamgʻarmasi);
5) maʼlum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan tashkilot q(. Ijtimoiy jamgʻarmalar);
6) aksiyalar nazorat paketini qoʻlga kiritish maqsadida, narxiga taʼsir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish.