JAMOLUDDIN HUSAYN INJU

JAMOLUDDIN HUSAYN INJU (16-a.) — yirik tilshunos olim. Boburiylardan Jahongirshohga atab «Farhanggi Jahongiriy» («Jahongir lugʻati»)ni yozgan. Jamoluddin Husayn Inju ajdodi asli Sheroz sayyidlaridan boʻlib, otasi Kashmirga kelib oʻsha yerda muqim yashab qolgandi. 1584-y. J. H. I. Akbar xizmatiga kirib, uning eng yaqin nadimlaridan biriga aylangan, Jahongir davrida esa «Azd ud-davla» («Davlat tayanchi») degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan.