JAMOLOV Kamol Davlatovich

JAMOLOV Kamol Davlatovich (1920.15.7 — Buxoro tumani — 1977.8.11) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1940-y. dan armiyada, 1943-y. martdan frontda. Dastlab 8-tank diviziyasi, 8-ponton batalyonida pontonchi, soʻngra 123-alohida injenersapyorlar batalyoni (Dasht fronti 7-gvardiyachi armiyaning 8-injenersapyorlar brigadasi)da sapyor. Jamolov Poltava viloyati Kremenchug sh. ning jan.-sharqida Dnepr daryosidan pontonda jangchilarni sohilga olib oʻtishda jasorat koʻrsatganligi uchun Qaxramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943.26.10).