JAMOL QARSHIY

JAMOL QARSHIY (taxallusi; asl ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid) (13—14-a. lar) — tilshunos olim. «As-Saroh min as-Sahoh» («AsSahohdan olingan aniq soʻzlar») arabchaforscha lugʻat muallifi. Lugʻat oʻsha davr tili leksikasini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Lugʻatning qoʻlyozma nusxalari Parij, Berlin, London qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida bu asarning 1511-y. da kotib Xusom Muhammad Bahoriy (inv. № 2723) va 1703—04 y. larda Mulla Feruz koʻchirgan nusxalari mavjud (inv № 2400).