JAMNA

JAMNA, Yamuna— Hindistondagi daryo, Gang daryosining eng uzun va sersuv oʻng irmogʻi. Uz. 1384 km, havzasining mayd. 351 ming km2. Akcar tizmasining (Markaziy Himolay togʻlari) jan. yon bagʻridan boshlanadi. Yuqori qismi aksar chuqur daralardan, oʻrta va quyi oqimi Hind-Gang tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2,5 ming m3/sek. Yozgi musson yomgʻirlari davrida ayniqsa sersuv boʻlib, koʻpincha toshadi. Quyilish yeridan Dexli sh. gacha kemalar qatnaydi. Daryo suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Jamna boʻyida Dehli, Agra, Iloxobod sh. lari joylashgan.