JAMAQDOR

JAMAQDOR (fors.) — Anushteginiylar sulolasi davrida xorazmshoxlar saroyida, devon ul-xosda xizmat qiluvchi shaxe. Jamaqdor asosan, sultonning paxlavonlardan tashkil etilgan xos navkarlari (gvardiya)ni davlat tomonidan belgilangan mikdordagi maosh bilan taʼminlashga masʼul hisoblangan (q. Oriz, Xazinachi).