JALOLOBOD

JALOLOBOD — Qirgʻiziston Respublikasidagi shahar, Jalolobod viloyatining maʼmuriy markazi. Fargʻona tizmasidagi Koʻgart vodiysida, oʻrtacha 764 m balandlikda, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻlida joylashgan. Bishkek sh. dan 550 km jan. da. Aholisi 78 ming kishi «Jalolobod» kurorti korpuslaridan biri. (2000). 1877 va 1927-y. larda shahar maqomini olgan.

Respublikaning sanoat va madaniyat markazlaridan. Metallsozlik, yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik, elektronika sanoatlari, qurilish materiallari va mebel i. ch. rivojlangan. Yirik korxonalari: «Hyp», «Oq paxta», «Momojemish», «Temirtosh», «Mingbuloq», «Ayubbuloq», «Jalolobodtattuusu», «Qurilish materiallari» i. ch. birlashmasi va b. Ularda tikuvchilik buyumlari, ip-gazlama, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi. Metallsozlik korxonalarida nasoslar, elektr isitish priborlari, q. x. qurollari, elektronika sanoati mahsulotlari, «Hyp» korxonasida avtomobillar chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (un tortish, sut-goʻsht, sabzavot va meva konservalash, mineral suv qadoqlash), neftni qayta ishlash z-di (quvvati yiliga 500 ming t) mavjud. T. y. orqali Bishkek, Oʻsh, Qorasuv, Koʻkyongʻoq sh. lari; Oʻzbekiston va Tojikistonning sanoat markazlari bilan bogʻlangan. Aeroport bor. J. da oliy oʻquv yurtlari, musiqa va badiiy maktablar, muzey, teatr, filarmoniya, kutubxonalar mavjud. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek va rus tillarida 10 ta gaz. nashr qilinadi. Shaxar yaqinida balneologik kurort joylashgan.