JALOLOBOD

JALOLOBOD — Afgʻonistonning jan.-sharqidagi shahar, Nangarhor viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 65 ming kishi chamasida. Kobul — Peshovar (Pokiston) avtomobil yoʻlidagi muhim tranzit va savdo taqsimot markazi. Kobul daryosi vodiysidagi yirik voha (shakarqamish, sitrus mevalar, xurmo, gʻalla yetishtiriladi) markazi. Jalolobodda yirik irrigatsiya sistemasi qurilgan. Un-t bor.