JALILOV Xalil Madyorovich

JALILOV Xalil Madyorovich (1911.17.10, Oltiariq tumani — 2001.26.12, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), iqtisod fanlari d-ri (1971), prof. (1973). Saratov qishloq xoʻjaligi in-tini tamomlagan (1939). 1939—41 y. larda Andijon q. x. texnikumida oʻqituvchi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—43). Urushdan qaytgach, Oʻzbekistonda maʼmuriy va q. x. sohasida rahbar lavozimlarda ishladi. Oʻzbekistan FA Iqtisodiyot in-ti direktori oʻrinbosari (1956—57), Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti in-ti direktori (1957-59), OʻzKP MK Qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri (1959 — 61), Oʻrta Osiyo Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti i. t. inti direktori (1961-65, 1967-76). 1976-y. dan Toshkent xalq xoʻjaligi in-ti q. x. iqtisodiyoti va uni tashkil qilish kafedrasi prof. Ilmiy ishlari q. x. iqtisodiyoti, jumladan paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini koʻtarish masalalariga bagʻishlangan.