JALILOV

JALILOV Oston (1937.17.9, Narpay tumani) — seleksioner genetik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), Q. x. fanlari d-ri (1981), prof. (1991). ToshDU biol.-tuproqshunoslik f-tini tamomlagan (1961). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida katta laborant (1962-63), Oʻsimliklar eksperimental biol. si in-tida kichik ilmiy xodim (1963 — 71), katta ilmiy xodim (1971—75), gʻoʻza geterozisi va amaliy seleksiyasi lab. si mudiri (1975-y. dan), Oʻzbekiston FA «Biolog» IIB bosh direktori (1991—97). 1997-y. dan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-tida seleksiya va urugʻchilikning genetik asoslari boʻlimi boshligʻi.

Ilmiy ishlari radiatsion nurlanishning gʻoʻza genetik apparatiga taʼsirini va shu yoʻl bilan olinadigan foydali yoʻnalishdagi mutatsiyalarning nasldan naslga oʻtishini oʻrganishga bagʻishlangan. Jalilov seleksiya ishlarida nurlanishdan foydalanish usulini taklif etdi. Bu usul keyingi avlodlardagi ayrim belgilarni barqarorlashtirish, mutantlarning qimmatli xususiyatlarini sanoat navlarining xoʻjalik potensiali bilan chatishtirish, seleksiya muddatini 2—3 yilga qisqartirish imkonini berdi. Jalilov 15 dan ortiq gʻoʻza navlarini yaratdi, ulardan 5 tasirlashtirilgan va katta maydonlarda ekiladi (AN-Samarqand-2, Samarqand-3, Farhod, Oqoltin, Yulduz va b.).

As: Ispolzovaniye radiomutantov v seleksii xlopchatnika, T., 1979; Geneticheskiye aspektы fotosinteza i adaptivnosti xlopchatnika, T., 1996 (S. M. Gaziyans bilan hamkorlikda).