JALILOV

JALILOV Ikrom (1922.10.2, Chimkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), yuridik fanlari d-ri (1972), prof. (1988). 2-jahonurushi qatnashchisi. Toshkent davlat yuridik in-tini (1946), shu in-t aspiranturasini (1953) tugatgan. Andijon viloyatida tuman va shahar prokurori (1947—50), Toshkent davlat yuridik in-tida oʻqituvchi (1954—55). Adliya va prokuratura sohalarida ishlagan. 1958-y. dan Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-tining ilmiy xodimi, sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari yer huquqini va agrar krnunchilikni takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. «Jasorat» medali bilan taqdirlangan (1994).