JADEIT

JADEIT (ispancha ijada — yon) — silikatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (NaAlSi2O6). Monoklin singoniyali. Rangi yashil, koʻkimtir va oq, shishasimon yaltiroq. Qattikutigi 6,5—7. Zichligi 3200—3500 kg/ m3. Metamorfik jinslarda, baʼzan kontaktmetasomatik ishqorli jinslarda uchraydi. Jadeit Myanma va AQSH (Kaliforniya), Qozogʻiston, Tojikiston (Pomir), RF (Qutbiy Ural, Gʻarbiy Sayan togʻlari) va b. joylarda topilgan. Oʻzbekistonda metamorfik jinslarda uchraydi. Jadeitdan zargarlik va badiiy bezak buyumlari tayyorlanadi.