JAVONSHIR

JAVONSHIR (?—670) — Kavkaz Albaniyasining hokimi (638—670). Mehroniylar sulolasidan. Uning davrida arablar tomonidan Albaniyani bosib olish boshlangan. Qodisiya jangi (636-y.)da arman knyazi Musheg Mamikonyan va Syunik xrkimi Grigoriy bilan birgalikda arablarga qarshi sosoniylar qoʻshini tarafida turib jangda qatnashgan. Forslar tor-mor keltirilgach, Javonshir Zakavkazye xududida qolgan-qutgan fors askarlari b-n kurash olib borgan. 660-y. da Xalifalikka karshi Vizantiya bilan ittifoq tuzgan. 667-y. jan. dan arablar va shim. dan xazarlar istilosi xavfi tugʻilgach, oʻzini Xalifalik vassali deb tan olgan. Javonshir markazlashgan hokimiyat muxoliflari fitnasi natijasida oʻldirilgan.