JAVLONOV

JAVLONOV Hikmat (1933.13.2, Forish tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). SamDOʻ ni tugatgan (1955). 1955-y. dan Forish tumanidagi 1-maktabda fizika oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1972-y. dan 33-maktabda direktor, 1995-y. dan fizika oʻqituvchisi. U oʻquvchilar bilan birgalikda 1200 dan ortiq koʻrgazmali qurol tayyorlagan va namunali fizika xonasini tashkil etgan.