JAVZO

JAVZO — 1) zodiak yulduz turkumlarining biri. Belgisi Gem (lot. Gemini). Osmon gumbazining Shim. yarim sharida Saraton va Savr yulduz turkumlari Oralarida joylashgan. Eng yorugʻ yulduzlari Kastor (2-kattalikda) va Polluks (1-kattalikda). Javzoni kuz, qish va bahor paytlarida kuzatish mumkin; 2) hijriy-shamsiy yil hisobining uchinchi oyi. Eron kalendarida Javzo 1925-y. gacha ishlatilgan. Afgʻon kalendarida 1911-y. dan koʻllaniladi. Javzo 31 kundan iborat boʻlib, birinchi kuni 21—22-mayga toʻgʻri keladi (yana q. Burj).