JABGʻUKAT

JABGʻUKAT (jabgʻu va sugʻdcha kat — shahar) — Binkat (qad. Toshkent) shahridan taxm. 12—14 km shim.sharkdagi qad. shahar. J. nomi «Hudud ul-olam» (10-a.) asarida qayd qilingan: «Jabgʻukat goʻzal shaqar, Chochning harbiy lashkargohi shu yerda boʻlgan». J. oʻrnida hoz. Boʻzgontepa arxeologik yodgorligi joylashgan.