Attorlar ataylab atirgul atrini savdoda sotishadi.
Chinnigul chindanam chinniday ochilsa, odamlar chinnigulni indamay olqishlashardi.
Lobar qiz Lolaga qizlar lovillagan lolaqizg‘aldoq berdilar.
Qo‘yvorilgan quyonlar quvonchlaridan quyongullarni qiyratib qo‘ydilar.
Boychechakni bog‘chadagi bolachalar boshqacharoq bo‘lishini bilmasdilar.
Aslida Aloega albatta aloxida axamiyat ajratish afzal.
Viktor Reginaga Viktoriya — Regiyani gulini ko‘rsatdi.
Nimagadir Namozshomgul Namozshomda ochiladi.
Gultojixo‘roz — xo‘rozni tojiga o‘xshaydi xolos.
Guldasta — gullardan bir dasta bir pasda.
Astrani asta-sekin Astraxanda astoydil asrayb-avaylang.
Geran guli gulxonadagi gullar guruxiga gerdaydi.
Gulbeor beorgina bo‘lib bog‘ga borganlarga gullaridan berdi.
Chunki chuchmomaga bag‘ishlab momolar cho‘pchak bitadilar.
Kaktus — qanday tikanli tusda.
Mimoza — nima o‘zi?
Lavanda — gul keladi laganda.
Chunki, chittigul — chittakkina gul.
Do‘konda bir dona guldonda lavanda turgandi.
Chamamda chamanda gul ochilib — sochilibdi.
Yuliya Liliya gulini tilini tushunadi.
Guli qax-qax pari — qax-qax urib kulib ketdi nari.
Gulzoda begim — Xonzoda begimni gulzorda kutmoqda.
© MUALLIF