Qaysi vitaminlar yetishmayotganini aniqlash yoʼllari
Inson organizmida zaiflik, terining quruqligi va tirnoqlarning sinuvchanligi foydali moddalar yetishmayotganidan darak beradi. Bunda kishi organizmiga qanday vitaminlar yetishmayotganini aniqlash yoʼllari ustida toʼxtalmoqchimiz. Organizmda qanday vitaminlar yetishmayotganini aniqlash uchun kishi oʼz tanasi tashqi koʼrinishiga – sochlari, terisi va tirnoqlari holatiga eʼtibor berishi lozim, ular inson sogʼligʼi haqida aniq maʼlumot beradi.
1. Аgar biron aʼzoyingizni qattiq narsaga yengil urib olganda, koʼkarish paydo boʼlsa, va u uzoq vaqt tuzalmayotgan boʼlsa, organizmda S, K va R vitaminlari yetishmayotganidan darak beradi.
Bu vitaminlar: sitrus mevalarida, rangli karamda, koʼk qalampirda, turli mevalarda va pomidorlarda mavjud.
2. Tez-tez bosh aylanishi, quloq shangʼillashi V3 va Ye vitaminlari, kaliy va magniy moddalari yetishmasligidan xabar beradi. Bu vitaminlar isteʼmol qilinganda faolligi S vitamini bilan qoʼshilsa, taʼsiri yanada kuchayadi.
Bunday holatda yongʼoq, turli bargli (lavlagi, sabzi kabi) sabzavotlar, yashil noʼxot, tuxum, sitrus mevalari, banan va kungaboqar pistasi kabi nozi-neʼmatlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
3. Koʼzlar qizarishi, ularning quruqshashi va achishishi, qorongʼiga moslashishning qiyin kechishi А va V2 vitaminlari yetishmovchiligidan xabar beradi. V2 vitamini yogʼ-moy mahsulotlari bilan oʼzlashtiriladi.
Bunda sabzi, zaytun yogʼi, jigar, baliq, tuxum, sariyogʼ, yashil sabzavot, salat, sut va pishloq isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
U yoki bu vitamin nima uchun xizmat qilishi, ular qaysi neʼmatlarda boʼlishi va inson salomatligining qaysi jihatlari uchun javob berishi haqida nimalarni bilish zarur? Quyida shu haqda suhbat yuritmoqchimiz.
Vitaminlar haqida nimalarni bilish lozim
Inson hayotida vitamin (darmondori)lar muhim rolь oʼynaydi. Ular inson salomatligining umumiy holatiga, teri, soch va tirnoqlarning sogʼlom va koʼrkamligiga, ichki aʼzolar faoliyatining meʼyorda ishlab turishiga, immunitet meʼyorida boʼlishiga va boshqa holatlarga javob beradilar.
S vitamini terining koʼrkam va silliqligini, mustahkam immunitetni, yaxshi kayfiyatni, soch va tishlar salomat boʼlishini taʼminlaydi.
Bu vitamin ukropda, sitrus mevalarida, naʼmatakda, chakanda moyi (oblepixa)da, qizil rangli mevalarda, rangli karamda, yashil noʼxotda, fasolda, turpda va kivida mavjud.
Bu nozi-neʼmatlar pishirish jarayonida foydali xususiyatlarini yoʼqotadi.
Bir sutkada inson organizmi uchun zarur boʼlgan meʼyori 70 mg/ yoki 1-2 ta apelьsin isteʼmol qilish kifoya.
V6 vitamini organizm yoshligini, asab tizimi mustahkamligini, qon tomirlari sogʼlom boʼlishini taʼminlaydi.
Bu vitamin boshoqli oʼsimliklarda, bugʼdoyning yangi undirilgan nihollarida, koʼk salatda, karamda, bananda, yongʼoqda, bugʼdoy kepagida, losos baligʼida va goʼshtda mavjud.
Yorugʼlikning davomli tushishida oʼz taʼsir kuchini yoʼqotadi. Bir sutkada inson organizmi uchun zarur boʼlgan meʼyori: 1,6-2 mg/ yoki 300 gram mol goʼshti isteʼmol qilish yetarli boʼladi.
K vitamini jarohatlarning tez bitishini, qon sifati va uning ivuvchanligining meʼyorda boʼlishini taʼminlaydi.
Bu vitamin ismaloqda, qichitqi oʼtda, naʼmatakda, turli xil karamlarda, sabzida, pomidorda, qulupnayda va koʼk choyda mavjud.
Vitamin uzoq muddat oftob taʼsiri yoki olovda pishirilishida yaroqsiz holga keladi.
Bir sutkada inson organizmi uchun zarur boʼlgan meʼyori 2 osh qoshiq petrushka isteʼmol qilish yetarli boʼladi.
D vitamini umumiy salomatlik va suyaklar mustahkamligini, qonning meʼyorda ivuvchanligini, shamollashdan himoyalanishni, zaharli moddalarning organizmdan chiqib ketishini, yaxshi kayfiyatni, yurak qon tomirlar salomatligini taʼminlaydi.
Bu vitamin: pishloqda, sariyogʼda, tvorogda, tuxumning sarigʼida, baliqda, dengiz mahsulotlarida, kartoshkada, oʼsimlik yogʼida, mol goʼshtida mavjud, shuningdek, organizmdan quyosh nuri taʼsirida ajralib chiqadi.
Bu vitamin olovda pishirilishida va ishqor taʼsirida yaroqsiz holga keladi.
Bir sutkada inson organizmi uchun zarur boʼlgan meʼyori: 2-5 mg/ yoki 2 ta tuxum isteʼmol qilish yetarli boʼladi.
Vitamin V2 hujayralar yangilanishi va mushaklarning meʼyorda ishlashini taʼminlaydi..
Bu vitamin: sutda, bodomda, qoʼy goʼshtida, tuxumda, qoʼziqorinda, grechkada, tvorogda, xamirturushda va goʼshtda koʼproq uchraydi.
Yorugʼlikning uzoq vaqt taʼsiri ostida bu vitamin yaroqsiz holga keladi.
Bir sutkada inson organizmi uchun zarur boʼlgan meʼyori: 1,3-3 mg2-5 mg/yoki 2 ta tuxum isteʼmol qilish kifoya qiladi.
Shuningdek, qorakesak qoʼy goʼshti yoki tuxumdan biroz isteʼmol qilish yetarlidir.
V 12 vitamini meʼyordagi tana vazni, mustahkam immunitet, sogʼlom xotira va shuningdek, ichaklar tizimi sogʼlom boʼlishini taʼminlaydi.
Bu vitamin salatda, turli baliq mahsulotlarida, sutda, pishloqda, tuxum sarigʼida koʼproq uchraydi.
Yorugʼlikning davomli va oʼtkir taʼsirida, davomli muddat isitilishida yaroqsiz holga keladi.
Bir sutkada meʼyori: 2-5 mg yoki 100 g losos baligʼidan isteʼmol qilish lozim.
V15 vitamini mustahkam xotira, yaxshi kayfiyat, kasallikdan soʼng salomatlikning tezda tiklanishi, qon tomirlari salomatligi, yurak faoliyatining meʼyorda boʼlishini taʼminlaydi.
Bu vitamin goʼshtda, parranda goʼshtida, tuxum sarigʼida, sut mahsulotlarida, baliq ikrasida, yongʼoqda, xamirturushda, sulida, grechkada va guruchda uchraydi.
Qayta muzlatilganida va muzlatilgach, eritilganida yaroqsiz holatga keladi.
Bir sutkalik meʼyori 5 mg yoki qoʼy jigaridan 100 g isteʼmol qilish lozim.
Ye vitamini organizm yoshligini saqlashni, reproduktiv (nasl qoldirish) tizim faoliyatini, kayfiyatning yaxshi boʼlishini, tashqi salbiy taʼsirlardan himoya qilinishini taʼminlaydi.
Bu vitamin goʼshtda, kungaboqar, joʼxori, qovoq, zaytun yogʼlarida, sariyogʼda, yongʼoqda, sut mahsulotlarida va jigarda mavjud.
Yaroqsiz holga kelishi: uzoq muddat saqlanishida.
Bir sutkalik meʼyori 30-50 mg/ 1 osh qoshigʼidagi oqlanmagan yogʼ isteʼmol qilish yetarli boʼladi.
А vitamini terining koʼrkamligi va yoshligini, soch goʼzalligini, tirnoqlar salomatligini, koʼrish quvvatining kuchliligini, suyaklar baquvvatligini, reproduktiv (nasl qoldirish) tizim faoliyatini, yaxshi kayfiyat va tashqi taʼsirlardan himoyalanishni taʼminlaydi.
Bu vitamin sabzida, sitrus mevalarida, pishloqning qattiq navlarida, tvorogda, sutda, tuxumda, baliqda, jigarda va petrushkada uchraydi.
Yuqori harorat taʼsirida va uzoq muddat saqlanishida yaroqsiz holatga keladi.
Sutkalik meʼyori: 0,4-1 mg; yoki mol jigaridan bir necha boʼlak isteʼmol qilish kifoya qiladi..
Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi
7 iyunь 2017 yil
muslim.uz/index.php/rukn/tabobat/item/3152