Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohlari
🏛 Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohlari
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunda 132 ta OTM va ularning filiallari faoliyat yuritadi. Shularning 10 tasi milliy universitetlar, 35 tasi davlat, 59 tasi xususiy,15 tasi aksionerlik, 13 tasi harbiylashgan OTMlar hisoblanadi.
Qozog‘iston Respublikasidagi mavjud OTMlarining 8 tasi xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlari reytingida birinchi 1000talikga kirgan. Xususan,
— Qozog‘iston milliy universiteti (236-o‘rin),
— Yevroosiyo milliy universiteti (336-o‘rin),
— Qozog‘iston milliy texnika universiteti (411-420 o‘rin),
— Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti (491-500 o‘rin),
— Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (501-550 o‘rin),
— Karaganda davlat universiteti (651-700 o‘rin),
— Qozog‘iston Britaniya texnika universiteti (651-700 o‘rin),
— Qozog‘iston xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti (801-1000 o‘rin).
Xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talikdan o‘rin olgan yuqoridagi OTMlarining aksariyatida taʼlim sifati yuqori ekanligi kuzatiladi.
Qozog‘istondagi 40 ga yaqin OTMda respublikamiz fuqarolari taʼlim olgan va o‘tgan yillar davomida taʼlim hujjatlarini tan olish bo‘yicha murojaatlar qilgan.
O‘zbekistonlik yoshlar eng ko‘p tahsil olayotgan Qozog‘istondagi OTMlari qatoriga quyidagilar kiradi:
— Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (38,71 %),
— Xalqaro Qozoq-Turk universiteti (8,39%),
— Mintaqaviy sotsial-gumanitar universiteti (5,75 %),
— Taraz davlat universiteti (4,89 %),
— Qozog‘iston muhandislik-pedagogika xalqlar do‘stligi universiteti (4,56 %),
— Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti (4,43%),
— Janubiy Qozog‘iston davlat tibbiyot akademiyasi (3,24 %,),
— Sirdarya universiteti (2,44 %),
— Qozog‘iston milliy universiteti (1,25 %).
‼️ Qozog‘istondagi ayrim reyting ko‘rsatkichi yuqori OTMlari tomonidan yoshlarni imtihonsiz qabul qilish va o‘qishlarni masofadan tashkil etish hamda buni “sirtqi” deb nomlash orqali odamlarni chalg‘itish holatlari kuzatilmoqda. Buning natijasida esa taʼlim sifati taʼminlanmayapti.