Pensiya yoshiga yetgan o’qituvchini maktab direktori ishdan bo’shatishi mumkinmi?
Men pensiya yoshidagi o’qituvchiman. Maktab direktori yangi o’quv yilidan meni ishdan bo’shatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Men ishdan bo’shashga majburmanmi? Bu yerda direktorning qilgan ishi qonuniymi?
Javob
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan umumta’lim maktablarida o’qituvchilarga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida nafaqadagi o’qituvchilar ishga jalb qilindi hamda ishlayotgan nafaqa yoshidagi o’qituvchilar o’z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
O’qituvchilarga dars soatlari tegishli uslubiy birlashma tasiyasi asosida maktab pedagogika kengashi qaroriga binoan maktab direktorining buyrug’i bilan taqsimlanadi. Bunda, uslubiy birlashma tomonilan o’qituvchining mahorati, tajribasi va malakasi hamda boshqa ko’rsatgichlari inobatga olinadi.
Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, ish beruvchi o’z tashabbusiga ko’ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin bo’lgan sabablar Mehnat kodeksining (MK) 100-moddasi 2-qismining 7-bandida bayon etilgan.
Unga ko’ra xodimning pensiya yoshiga to’lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo’lganda ish beruvchi o’z tashabbusiga ko’ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Bunda, maktab direktori xodimni pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ishdan bo’shatishni lozim topsa, mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqida ogohlantirish xati berishi qonuniy deb hisoblaymiz.
❗️Lekin 60 yoshga to’lmagan ayolllarga bu borada biroz imtiyozlar bor.
Chunki, 2019 yil 7 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida» PQ-4235-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo’llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag’batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, Qonunning 1-bandiga ko’ra, 2019 yil 1 maydan boshlab ayollarning pensiya yoshiga to’lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to’lgunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish taqiqlanadi.
Shunday ekan, ish beruvchi ayol xodimlarning pensiya yoshiga to’lganligi munosabati bilan u bilan mehnat shartnomasining o’z tashabbusiga ko’ra mexnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandiga ko’ra bekor qilishi mumkin emas deb hisoblaymiz.
Отвечать
Согласно Указу Президента Республики Узбекистан от 12 декабря 2018 года № ПФ-5597 «О дополнительных мерах по повышению эффективности пенсионной системы и усилению социальной поддержки пенсионеров» с января всем работающим пенсионерам будут выплачиваться свои пенсии в полном объеме.
В связи с этим для обеспечения потребности учителей в общеобразовательных школах набраны учителя-пенсионеры, и учителя-пенсионеры продолжают свою работу.
Классные часы учителям распределяются приказом директора школы по решению школьного педагогического совета на основании соответствующего методического объединения. При этом методическое объединение учитывает навыки, опыт и квалификацию преподавателя, а также другие показатели.
Однако следует иметь в виду, что основания, по которым работодатель может расторгнуть трудовой договор с работником по собственной инициативе, изложены в пункте 7 части 2 статьи 100 Трудового кодекса (ТК).
Согласно ему работодатель может расторгнуть трудовой договор с работником по собственной инициативе при условии, что работник достиг пенсионного возраста и имеет право на получение государственной пенсии по старости в соответствии с законодательством.
В данном случае считаем правомерным вынесение директором школы письма-предупреждения о том, что работник может расторгнуть трудовой договор, если сочтет необходимым его увольнение в связи с достижением пенсионного возраста.
❗️Но в этом плане есть некоторые льготы для женщин до 60 лет.
Потому что 7 марта 2019 года Президент Республики Узбекистан принял Постановление №PQ-4235 «О мерах по дальнейшему укреплению гарантий трудовых прав женщин и поддержке предпринимательства».
Принято решение об усилении гарантий защиты трудовых прав женщин, дальнейшей поддержке их предпринимательской инициативы, поощрении трудовой активности и расширении доступа к правосудию.
В частности, согласно статье 1 Закона, с 1 мая 2019 года в связи с тем, что женщины достигли пенсионного возраста или имеют право на получение государственной пенсии по возрасту в соответствии с законом, бессрочный трудовой договор с их до 60 лет. отмена запрещена.
Поэтому полагаем, что работодатель не может по собственной инициативе расторгнуть трудовой договор с работницей в соответствии с пунктом 7 части 2 статьи 100 Трудового кодекса в связи с достижением ею пенсионного возраста.
Источник: Информация об общественном образовании.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:47:54
Xalq ta’limi tizimi «tajriba quyonchasi» emas Xalq ta’limi tizimi «tajriba quyonchasi» emas
Toshkent shahrida 28-sentabrda qaysi maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishi aytildi Toshkent shahrida 28-sentabrda qaysi maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishi aytildi
Rahbarlik faoliyatida uchraydigan nizolar va ularning oldini olish yo’llari Rahbarlik faoliyatida uchraydigan nizolar va ularning oldini olish yo’llari
Bitiruvchilarning 80 foizidan yuqorisi o‘qishga kirsa rahbarlar mukofot oladimi? Bitiruvchilarning 80 foizidan yuqorisi o‘qishga kirsa rahbarlar mukofot oladimi?
Kreativ fikrlash haqida kitob qo'llanma Kreativ fikrlash haqida kitob qo'llanma
O'qituvchi obro'sini oshirish uchun nima qilish kerak? O'qituvchi obro'sini oshirish uchun nima qilish kerak?
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maktablarga 2 mingta «Qizil kitob» berildi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maktablarga 2 mingta «Qizil kitob» berildi
2-11-sinf Rus tili (milliy) ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 2-11-sinf Rus tili (milliy) ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Abdurahmon Akbar hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari Abdurahmon Akbar hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari
Ijodiy ta’til kimlarga beriladi? Ijodiy ta’til kimlarga beriladi?
"Farishtali" yoki xarizmali inson bo‘lishning 3 omili "Farishtali" yoki xarizmali inson bo‘lishning 3 omili
2021-2022 Qirg'iz tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 Qirg'iz tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami
Janubiy Koreyada o‘lganlar “tiriltirilmoqda”. Sun’iy intellekt dunyo nigohida Janubiy Koreyada o‘lganlar “tiriltirilmoqda”. Sun’iy intellekt dunyo nigohida
Dunyoning 2,5 ming tili yo‘qolib ketish xavfi ostida Dunyoning 2,5 ming tili yo‘qolib ketish xavfi ostida
An’anaviy shaklda darslari o‘tilmaydigan fan o‘qituvchilarining oylik maoshlari saqlanadi An’anaviy shaklda darslari o‘tilmaydigan fan o‘qituvchilarining oylik maoshlari saqlanadi
O`smirlik davri muammolari: «O`g`lim pul o`g`irlaydi, qizim yigitlar bilan gaplashadi, nima qilay?» O`smirlik davri muammolari: «O`g`lim pul o`g`irlaydi, qizim yigitlar bilan gaplashadi, nima qilay?»
Qabul 2021 Bu yil nechta yo’nalishni tanlash mumkin? Qabul 2021 Bu yil nechta yo’nalishni tanlash mumkin?
Qisqa ammo mazmunga boy hikoyalar Qisqa ammo mazmunga boy hikoyalar
14-yanvar kuni uchun she’r, qo’shiq, senariy, tabrik va tilaklar 14-yanvar kuni uchun she’r, qo’shiq, senariy, tabrik va tilaklar
O’qishni ko’chirish perevod o’tish bali aniq bo’ldi O’qishni ko’chirish perevod o’tish bali aniq bo’ldi