Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi - DTM
📆 Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.
✅ 20-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:
👉 12-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
👉 17-avgust kuni — Samarqand viloyatida;
👉 19-avgust kuni — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
👉 20-avgust kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.
❕ Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:51