Talabalikka tavsiya etilgan 1000 nafar pedagoglar ro’yhati
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik .
Ushbu qabul orqali xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniyati yaratilmoqda.
Bu o‘rinlarga umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar da’vogarlik qilgan bo‘lib, qabul natijalariga ko‘ra 1012 nafar pedagoglar talabalikka tavsiya etildi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi
v.
Talabalikka tavsiya etilgan ushbu o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markazi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 2022/2023 o‘quv yili qabulida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha birinchi yo‘nalishda tanlagan “Pedagogika” ta’lim sohasida imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar orasidan ularning to‘plagan ballari ketma-ketligida oliy ta’lim muassasalari kesimida shakllantirildi.
Ba’zi hududlarda belgilangan so‘nggi o‘tish o‘rnidagi (bir xil ball to‘plagan) nomzodlarning mavjudligi natijasida jami tavsiya etilgan o‘qituvchilar 1 012 nafarni tashkil etdi.
Talabalikka tavsiya etilgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markazi tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda yetkazildi.
Talabalikka tavsiya etilgan pedagoglar ro’yhatini —
yuklab olish.
Ushbu havoladagi ro‘yxatda familiya, ismlari qayd etilgan o‘qituvchilarning tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Mavzuga doir:
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar qabuli haqida ma’lumot berildiPedagogikada sirtqi ta’lim bekor qilinadiJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:29