Menda nogironlik imtiyozi bor edi, ammo nega bu hisoblanmagan?
Ko‘pchilik shunday savol bilan murojaat qilmoqda.
✅ Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev savolga quyidagicha
javob berdi:
Sizning imtiyozingiz hisoblangan, ammo siz yetarli ball to‘play olmagansiz.
Birinchidan, nogironlik imtiyozi sizga ball qo‘shib bermaydi.
Ikkinchidan, imtiyozingiz bor degani, bu 100% o‘qishga kirasiz degani emas. Ko‘pchilik 56,7 balldan oshirsam bo‘ldi, men aniq o‘qishga kiraman, deb o‘ylamoqda.
Nogironligi bor shaxslar uchun OTMlar kesimida alohida kvota bo‘ladi. O‘sha OTMga hujjat topshirganlar nogironligi bor shaxslar o‘sha kvota uchun kurashadi. Kim yuqoriroq ball to‘plasa, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Maxsus kvotaga bali yetmaganlar esa o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha el qatori barcha bilan bellashadi.
Masalan, yuqoridagi suratga e’tibor bering. Toshkent tibbiyot akademiyasida nogironligi bor shaxslar uchun 29 ta qo‘shimcha davlat granti joyi ajratilgan bo‘lib, jami 835 nafar nogironligi bor shaxslar hujjat topshirgan. O‘tish bali esa 119,7 ball bo‘lgan.
Demak, nogironligi borligi uchun imtiyozga ega shaxslar Toshkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirgan bo‘lsa, bu ular aniq shu yerga kiradi degani emas. 119,7 balldan oshirganlar grantga kirgan, bundan past ball to‘plaganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
Joylangan vaqt: 2022-09-07 11:39:19