2022 test savollari mashinalarda olib kelinmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentlarga  testlar va formulalar mashinada yetkazilmoqda degan mazmunda postlar qoʻyilmoqda.
Bu haqda DTM  aniq ma`lumot berdi.
Qayd etish kerakki, rasmdagi materiallar abituriyentlar uchun tarqatiladigan asosiy formulalar jadvali boʻlib, unda hech qanday maxfiy maʻlumotlar mavjud emas, deyiladi DTM xabarida.
Xabarda aytilishicha, OTMlarga kirish test sinovlarida abituriyentlarga kimyoviy elementlar davriy sistemasi beriladi. 2020-yildan boshlab abituriyentlarga fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali” ham berila boshlandi.
Joriy yildan esa xalqaro standartlar oʻrganilgan holda abituriyentlarga kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali ham berilmoqda.
Abituriyentlarning test topshiriqlari esa Davlat test markazining maxsus binosidan Davlat feldegerlik xizmati tomonidan qabul qilinib, maxfiylik taʻminlangan holda test sinovi oʻtkaziladigan joylarga yetkaziladi va qayta Davlat test markaziga olib kelinadi, deyiladi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga izoh beradi DTM rasmiy munosabatida.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:11