Kelgusida bola pulini ijtimoiy shartnoma orqali berish rejalashtirilmoqda
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasiga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.
Ijtimoiy shartnomada kam ta’minlangan oilalar tomonidan farzandlarining maktabdagi davomatini va bog‘chaga borishini ta’minlash hamda biriktirilgan poliklinikadan majburiy vaksinalarni o‘z vaqtida olishi kabi shartlarni belgilash nazarda tutilmoqda.
Tegishli mutasaddi tashkilotlar ijtimoiy shartnoma orqali oilalarni kambag‘allik holatidan chiqarishga va qayta kambag‘allikka tushib qolishining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha dasturlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:57