2022-2023 Hozirga qadar qancha abituriyent ro‘yhatdan o‘tdi?
Davlat test markazi 2022-2023-o‘quv yili uchun 2022-yil 3-iyul 18:00 holatiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 255 208 nafar. Shundan:
🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 128 856 nafar (50 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 126 352 nafar (50 %).
🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 135 271 nafar. Shundan:
🔸 72 612 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 62 659 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
✅ Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
1️⃣ Toshkent viloyati — 16 560 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 14 835 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 12 391 nafar.
4️⃣ Qashqadaryo viloyati — 11 591 nafar.
5️⃣ Toshkent shahri — 11 568 nafar.
6️⃣ Andijon viloyati — 11 532 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 9 780 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 7 751 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 6 568 nafar.
🔟 Buxoro viloyati — 6 543 nafar.
1️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati — 5 611 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 5 561 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 5 431 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 133 nafar.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:37