Favqulodda holat nima degani? Bu holatda nimalar qilinadi?
❓Favqulodda holat nima degani va u payti nimalar qilish yoki nimalar qilmaslik kerak?
Qoraqalpog‘istonda bo‘lgan voqealardan barchamiz taassufdamiz va Vatanimiz tinchligi uchun xavotirdamiz. Shaxsan o‘zimning ichimga chiroq yoqsa yorishmaydi hozir. Allohim o‘zi xayrlisini berishidan umidvormiz.
Bo‘lgan voqealardan so‘ng bugundan boshlab Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat e’lon qilindi, soat 21:00 dan soat 07:00 gacha komendantlik soati joriy qilindi. Allohga shukrki, yurtimizda favqulodda holat e’lon qilish holatlari kamdan-kam bo‘ladi.
Shu sababli ko‘pchilik bu paytda nima qilish mumkin yoki nima qilish mumkin emasligini bilmayapti.
Quyidagi audioda Xushnudbek Xudoyberdiyev huquqshunos sifatida Qoraqalpog‘istondagi yurtdoshlarimizga favqulodda holat payti asqatishi mumkin bo‘lgan 10 ta maslahatlarini taqdim etdi.
Yurtimiz tinchligiga ko‘z tegmasin, ilohim, barchasi tezda o‘z holiga qaytsin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:37