Qabul 2022: Imtiyozga ega abituriyentlar diqqatiga!
📌 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, abituriyentda qandaydir imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz my.dtm.uz saytida vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi (chet tili sertifikatidan tashqari).
Bu haqda DTM ma’lum qilmoqda.
👨‍💻 Bunda imtiyozga ega abituriyentlar o‘ziga tegishli imtiyoz ma’lumotlarini my.dtm.uz saytining “Mening imtiyozlarim” bo‘limida ko‘rishi va tekshirishi mumkin.
❕ Agar “Mening imtiyozlarim” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.
✅ Shu sababli imtiyozga ega abituriyentlardan o‘z imtiyozlarini tekshirishlarini va imtiyoz mavjud bo‘lmasa, uni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:34