My.dtm.uz parolni tiklash, parol qanday tiklanadi?
❔ Savol:
my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?
✅ Javob:
my.dtm.uz saytida
“Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini
yangilashlari mumkin.
👨💻 Buning uchun
“Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.
🖥 Shundan so‘ng, yangi parol bilan
my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:20