Diplomatiya universiteti DTM saytida nega chiqmayapti?
❓Nega Diplomatiya universiteti DTM saytida chiqmayapti?
✅ JAVOB: Chunki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida testdan oldingi birlamchi imtihon ham bo‘ladi. Ya’ni birlamchi imtihondan o‘ta olmaganlar, testga kiritilmaydi.
Shu sababli hozircha DTM saytidan JIDUni tanlash imkoni yo‘q.
Unda qayerdan hujjat topshirsak bo‘ladi?
Abituriyentlar https://admission.uwed.uz manzilida onlayn ariza to‘ldirishadi.
Arizalar 2022 yil 5 iyulgacha qabul qilinadi.
❗️JIDU dastlabki imtihonidan o‘ta olmagan abituriyentlar bemalol keyinchalik DTM saytida boshqa 5 ta yo‘nalishni tanlashlari mumkin bo‘ladi.
Dastlabki imtihon JIDU hududida 1-7 iyul kunlari o‘tkaziladi.
Dastlabki imtihon haqida batafsil ma’lumot: https://uwed.uz/uz/announcements/view/104
JIDU yo‘nalishlari va test o‘tadigan mutaxassislik fanlar majmuasi ro‘yxati:
1) Xalqaro munosabatlar
Tarix (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
2) Siyosatshunoslik
Tarix (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
3) Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Matematika (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
4) Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)
Tarix (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:20