Maktablarda "Geografiya" fani soati kamayib ketgani yuzasidan vazirlik munosabati
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda «Geografiya» fani soati kamayib ketgani yuzasidan izoh berdi.
«Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, 1-6-sinflarda yagona “Tabiiy fanlar” (Science) fani joriy qilinishi belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ 4805-sonli qarori).
Yangi fan geografiya, biologiya, fizika, kimyo hamda astronomiya fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Endilikda bu fanlarga oid bilim va ko‘nikmalar o‘quvchilarda 1-sinfdan boshlab shakllantiriladi. Milliy o‘quv dasturi doirasida o‘quvchilarda “Tabiiy fanlar” fani orqali shakllanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar har bir sinf kesimida belgilandi.
O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda yetarli ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari uchun, xalqaro tajribadan kelib chiqib, yangi fanga ajratilgan dars soatlarini boshlang‘ich sinflarda ko‘paytirishga ehtiyoj tug‘ildi. Shu munosabat bilan, 6-sinfda har biri haftalik 2 soatdan o‘tiladigan (jami 6 soatlik) geografiya, biologiya va fizika fanlari o‘rniga yagona, haftasiga 3 soatlik “Tabiiy fanlar” kiritildi.
O‘z navbatida, qolgan haftalik 3 soat “Tabiiy fanlar” doirasida 2-, 3-, 4-sinflarga o‘tkazildi. Ya’ni, bu sinflarga haftasiga 1 soatdan, jami 3 soat qo‘shib berildi.
Maktabda geografiya fanidan berilishi zarur bo‘lgan bilim hajmi va unga umumiy rejada ajratilgan soatlar hajmi qisqargani yo‘q.
Boshqa fanlar qatori geografiya faniga oid mavzular “Tabiiy fanlar”ga singdirilgan, umuman dasturda esa, geografiya faniga oid mavzular 291 ta mavzudan 387 ta mavzuga, ya’ni 96 ta mavzuga ko‘paygan.
Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy tarmoqlarda geografiya fani yo‘qolish xavfi ostidagi xulosalar, asossiz.
Jahon tajribasida qanday?
“Tabiiy fanlar” jahondagi aksariyat rivojlangan davlatlarda o‘qitiladi. Xususan, Buyuk Britaniya tajribasi o‘rganilganida, tabiiy fanlar 1-6-sinflarda integrasiya qilingan holda, yagona fan sifatida o‘qitiladi.
Tabiiy fanlarning quyi sinflarda qo‘shib o‘qitilishi o‘quvchiga olamni bir butun tasavvur qilish, fanlarga oid mavzular kesimida loyiha ishlarini amalga oshirib, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yaxshilash, ularni ijodkorlikka yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Milliy o‘quv dasturi doirasida ta’lim mazmunida amalga oshirilayotgan bu kabi o‘zgarishlar iqtisodiyot sohalariga xalqaro andozalar asosida mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashi bilan o‘quvchilar uchun manfaatlidir.
Yangi fan kiritilishi o‘qituvchilarga qanday imkoniyat yaratadi?
Milliy o‘quv dasturida aynan Geografiya fani haftalik 8 soat dars o‘tishlishi belgilangan. Shu o‘rinda alohida qayd etish lozimki, geografiya fani o‘qituvchilarida “Tabiiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli qayta tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda, 11 soat dars berish imkoniyati paydo bo‘ladi (natijada, amaldagi haftalik 10 soat o‘rniga, 11 soat berishlari mumkin).
Shu bilan birga, Vazirlik dasturni xalqaro talablar asosida zamonaviylashtirish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni inobatga olgan holda, o‘quvchilarda iqtisodiy bilimlarni yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha soat ajratish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
Mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha dars joriy qilinsa, bu ham geografiya o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi».
В связи с этим выводы, грозящие исчезновением географии в социальных сетях, необоснованны.
А мировой опыт?
Естественные науки преподаются в большинстве развитых стран мира. В частности, при изучении опыта Великобритании естественные науки преподаются как единый предмет, интегрированный в 1-6 классы.
Включение естественных наук в младшие классы позволяет учащимся представить мир в целом, выполнять проектную работу по естественнонаучным темам, развивать исследовательские навыки, повышать активность учащихся, совершенствовать навыки критического мышления, направлять их к творчеству. .
Такие изменения в содержании образования в рамках национального учебного плана выгодны для обучающихся за счет подготовки кадров с востребованными на рынке труда навыками в соответствии с международными стандартами в области экономики.
Какие возможности дает введение нового предмета учителям?
Национальная учебная программа предусматривает 8 часов в неделю по географии. Следует отметить, что в случае успешного прохождения учителями географии краткосрочного курса переподготовки по специальности «Естествознание» у них появится возможность преподавать 11 часов (как следствие, нынешние 10 часов в неделю).11 часов).
В то же время Министерство изучает возможность выделения дополнительных часов для дальнейшего повышения экономических знаний студентов с учетом поставленных задач по модернизации программы в соответствии с международными требованиями.
Если будут введены дополнительные занятия по этому направлению, это станет дополнительной возможностью для учителей географии».

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:58:28
O’quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash uchun tavsiyalar O’quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash uchun tavsiyalar
Pandemiya davrida maktablar eng uzoq vaqt yopilgan davlatlar Pandemiya davrida maktablar eng uzoq vaqt yopilgan davlatlar
2021-2022 informatika fanidan variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 informatika fanidan variativ ish rejalar to'plami
Fizika fanidan imtihon biletlari 11-sinf Fizika fanidan imtihon biletlari 11-sinf
O’qituvchilarni grippga qarshi emlash harajatlarini kim qoplaydi? O’qituvchilarni grippga qarshi emlash harajatlarini kim qoplaydi?
Rus tili fanidan 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish rejalar Rus tili fanidan 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish rejalar
Huquq fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami Huquq fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami
Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor? Qabul 2021 DTM yangiliklari. Bu yil qanday yangiliklar bor?
Kontrakt uchun 10 foizlik chegirma haqida rasmiy ma’lumot berildi Kontrakt uchun 10 foizlik chegirma haqida rasmiy ma’lumot berildi
Energiyani o'g'irlaydigan odatlar Energiyani o'g'irlaydigan odatlar
Baxtli bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qilish zarur? - 9 muhim tavsiya Baxtli bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qilish zarur? - 9 muhim tavsiya
Maktablarni jihozlashda davlat unitar korxonasi monopoliyasiga qarshi chiqildi Maktablarni jihozlashda davlat unitar korxonasi monopoliyasiga qarshi chiqildi
5 yoshli bola bilan suhbat. (hikoya) 5 yoshli bola bilan suhbat. (hikoya)
Ko'ngilga sayr (ilk she'riy to'plamim) Ko'ngilga sayr (ilk she'riy to'plamim)
Bugungi kunda ko’p uchrayotgan kerakli statuslar Bugungi kunda ko’p uchrayotgan kerakli statuslar
Koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha mish-mish va haqiqatlar Koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha mish-mish va haqiqatlar
Yurak xurujidan darak beruvchi asosiy belgilar Yurak xurujidan darak beruvchi asosiy belgilar
“Temir daftar”dagi oilalar farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi “Temir daftar”dagi oilalar farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi
Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman? Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti? o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti?