Nosir Fozilov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Nosir Fozilov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar
Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga oʻtgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan. Hozirgacha yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Ularning aksariyati tarjima asarlardir.
U 1929 yili Qozogʻistonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanidagi Qoriz qishlogʻida tavallud topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shugʻullangan, buvasi Tursunmuhammad Aʼlam “Gʻurbatiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr boʻlib ijod qilgan. Toshkentda uning uchta sheʼriy kitobi chop etilgan.
Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga toʻgʻri kelganligi uchun ham oʻqib, ham ishlashiga toʻgʻri keldi. Shu tufayli u oʻz tengdoshlaridan ancha kech, yaʼni, 1949 yilda oʻrta maktabni tugatgan. Soʻng Toshkentga kelib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Uni 1954 yilda tugatadi. Shundan soʻng “Gulxan”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.
Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan. Ilk kitobi 1959 yilda “Irmoq” nomi bilan chop qilingan. Soʻngra “Oqim” (1962), “Robinzonlar” (1964), “Qush qanoti bilan” (1965), “Qorxat” (1968), “Koʻklam qissalari” (1970), “Joʻxori tuzoq” (1971), “Saraton” (1975), “Kichkina demang bizni” (1977), “Diydor” (1979), 2 jildlik “Tanlangan asarlar” (1982–1983), “Shum bolaning nabiralari” (1985), “Bolaligim ‒ poshsholigim” (1989), “Bir otar toʻpponcha”, “Toshkentning nosi”, “Said Ahmad noming baland” (1995), “Munavvar lahzalar” (1998), “Eslasang koʻngling yorishur” (2003), “Ustoz soʻzlaganda” (2007), “Topdimu yoʻqotmadim” (2010) kabi oʻnlab kitoblari nashrdan chiqdi.
Nosir Fozilov tarjimon sifatida ayniqsa samarali ijod qildi. Sh. Husainovning “Nurli tosh” (pyesa, 1952), S. Muqonovning “Hayot maktabi” (qissa, 1954), “Choʻpon oʻgʻli” (qissa, 1960), “Choʻloq polvon” (qissa, 1970), B. Mustafinning “Qaragʻanda” (roman, 1956), Q. Abduqodirovning “Xojimuqon” (qissa, 1959), Gʻ. Musrepovning “Qozoq soldati” (roman, 1960), “Choʻlqor” (qissa va hikoyalar, 1960), “Qiron qush qoʻshigʻi” (qissa, 1970), Muxtor Avezovning “Qarash-qarash voqeasi” (qissa, 1960), “Abay ‒ xalq farzandi” (pyesa, 1970), M. Avezov, L. Sobolevning “Abay” (tragediya, 1970) asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, rus, turkman, qirgʻiz adiblarining ham asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Ayni paytda N. Fozilovning ham rus, turkman va qozoq tillarida kitoblari chop etilgan, shuningdek, asarlari arman, latish, gruzin, hind, arab, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.
Uning ana shunday samarali mehnatlari zoye ketmadi. 1985 yilda u “Shum bolaning nabiralari” kitobi uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Gʻ. Gʻulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi mukofotlar sohibi boʻldi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nosir Fozilov 1999 yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 2011 yili “Topdimu yoʻqotmadim” kitobi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Жизнь Носира Фозилова, творчество, творчество, деятельность, биография, подробная информация
Писатель Носир Фозилов вошел в историю нашей литературы во второй половине 50-х годов прошлого века. На сегодняшний день он опубликовал более семидесяти книг. Большинство из них являются переводными произведениями.
Он родился в 1929 году в селе Кориз Туркестанского района Шымкентской области Казахстана. Его родители были фермерами, а дед Турсунмухаммад Алам писал стихи под псевдонимом «Гурбатий». Он был соавтором с Ками, Хислат и Сидки-Хандайлик. В Ташкенте издал три сборника стихов.
Детство Носира Фозилова пришлось на войну, поэтому ему приходилось учиться и работать. В итоге школу он окончил гораздо позже своих сверстников, в 1949 году. Потом приехал в Ташкент и поступил в Среднеазиатский государственный университет. Окончил в 1954 году. После этого работал на различных должностях в журналах и издательствах, таких как «Гюльхан», «Шарк Йулдузи».
Первый рассказ автора был опубликован в 1953 году. Его первая книга была опубликована в 1959 году под названием Irmoq. Затем последовали «Ручей» (1962), «Робинзоны» (1964), «С птичьим крылом» (1965), «Ужас» (1968), «Весенние истории» (1970), «Кукурузная ловушка» (1971), «Рак». (1975), «Не рассказывай нам мало» (1977), «Дийдор» (1979), 2-томные «Избранные произведения» (1982–1983), «Внуки плохого ребенка» (1985), «Мой Детство — моя судьба» (1989), «Стадо пистолетов», «Ташкентский нос», «Саида Ахмада зовут высоко» (1995), «Мунаввар лахзалар» (1998), «Эсласан кунглинг йоришур» (2003) , «Устоз созлаганда» (2007), «Нашел и не потерял» (2010).
Носир Фозилов был особенно эффективен как переводчик. Ш. Хусаинова «Нурли тош» (пьеса, 1952), «Школа жизни» С. Муканова (новелла, 1954), «Пастуший сын» (новелла, 1960), «Хромой борец» (новелла, 1970), Б. Мустафина «Караганда» (роман, 1956), К. Абдукодирова «Ходжимукон» (новелла, 1959), Г. Мусрепова «Казахский солдат» (роман, 1960), «Чолкор» (новеллы и рассказы, 1960), «Песня птицы-орла» (новелла, 1970), Мухтора Авезова «Посмотри-посмотри» (рассказ, 1960), «Абай — сын народа» (пьеса, 1970), М. Авезова, Л. Соболева «Абай» (трагедия, 1970). Он также переводил на узбекский язык произведения русских, туркменских и кыргызских писателей. В то же время книги Н. Фозилова изданы на русском, туркменском и казахском языках, а также переведены на армянский, латышский, грузинский, хинди, арабский и азербайджанский языки.
Его плодотворные труды не прошли даром. В 1985 году он был номинирован Союзом писателей Узбекистана за книгу «Внуки молчаливого ребенка». В 1986 году за переводы казахской литературы ему была присуждена премия Байымбета Майлина Союза писателей Казахстана.Заслуженный артист Узбекистана Носир Фозилов в 1999 году награжден орденом «Эл-Юрт Хурмати». В 2011 году за книгу «Нашел или не потерял» удостоен Государственной премии Республики Узбекистан.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:56:27