Har bir ota-onaning voyaga yetmagan bolalarining oldidagi huquq va majburiyatlari qanday boʻlishi lozim?
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV-bobi “Oila” bobi boʻlib, ushbu bobga muvofiq, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasidaligi hamda ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari davlatning bosh qomusida bejizga belgilab qoʻyilmaganligidandir.
Hozirgi vaqtda, oila qurgan yoshlar hattoki oʻrta yoshdan katta jamiyat fuqarolari tomonidan eng achinarlisi oʻz farzandlarini sotish holatlari hamda turmushdan erta ajralish darajalari juda koʻpayib ketayotganligi turli ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan statistik koʻrsatkichlarda yaqqol koʻzga tashlanib turibdi.
Jamiyatning har bir oila aʼzosi, yaʼni oilaning ota-onasi Konstitutsiya va qonunchiligimizda oilaning hamda oiladagi farzandlarning oʻrni, har bir oiladagi ota-onalarning oʻz huquq va majburiyatlarini tubdan ongli ravishda tushunib yetmogʻi lozim.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasnoligi koʻrsatib oʻtilgan.
Shu bilan birga, bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Har bir ota-onaning masʼuliyatini oshirish va oilaviy munosabatga nisbatan masʼuliyatsizlik bilan yondashgan ota-onalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalariga binoan jazo choralari belgilab oʻtilgan.
Jumladan, Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilishi, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan jarima solishga sabab boʻlishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Har bir ota-ona oʻziga quyidagi belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida ota-onalik huquqidan mahrum qilish boʻyicha ham choralar koʻrilishi qonunchiligimizda belgilab qoʻyilgan.
Bular jumlasiga, ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa;
uzursiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa;
oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Agarda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalarga nisbatan, kelgusida shu bolaga nisbatan boʻlgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan taʼminot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum boʻlishi, shu bilan birga Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmasligi belgilab qoʻyilgan.
Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, mamlakatimizning Konstitutsiyasi va qonunlarida bola manfaatini himoya qilish boʻyicha yetarlicha asosli hujjatlar mavjudligini eʼtiborga olgan holda har bir oila, ota-ona oʻz farzandlarining kelajagi boʻyicha qaygʻurishsa, shu bilan kelajakda yurtning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga katta hissa qoʻshgan boʻlar edi.
Furqat Anarov,
Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi
Источник: Xs.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:06
Soatbay ishlayotgan hodimga mehnat ta’tili puli beriladimi? Soatbay ishlayotgan hodimga mehnat ta’tili puli beriladimi?
2021-yil 1-fevraldan O’qituvchilar oyligi qancha bo’ldi? – To’liq jadval 2021-yil 1-fevraldan O’qituvchilar oyligi qancha bo’ldi? – To’liq jadval
7-11-sinf Kimyo ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 7-11-sinf Kimyo ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Muhtarama Ulugʻova. Muhtarama Ulugʻova haqida: hayoti, asarlari Muhtarama Ulugʻova. Muhtarama Ulugʻova haqida: hayoti, asarlari
Bloger bo'lish uchun kerakli tavsiyalar Bloger bo'lish uchun kerakli tavsiyalar
DTM testlar namunaviy testlar barcha fanlar DTM 2021 testlari DTM testlar namunaviy testlar barcha fanlar DTM 2021 testlari
Tohir Malik. Tohir Malik haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Tohir Malik. Tohir Malik haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Время воздействия вакцины Sputnik V. Как много времени это займет? Время воздействия вакцины Sputnik V. Как много времени это займет?
8-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan 8-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
Ingliz tili DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan Ingliz tili DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan
Aliment to‘lash bo'yicha yangi tartib joriy etilmoqda Aliment to‘lash bo'yicha yangi tartib joriy etilmoqda
Chet elda o‘qish uchun nima qilish kerak? Chet elda o‘qish uchun nima qilish kerak?
La’nati propaganda! O’z uyimizda o’z tilimizni himoya qila olmaymizmi? La’nati propaganda! O’z uyimizda o’z tilimizni himoya qila olmaymizmi?
Yoshlar uchun qanday imtiyozlar bor? Yoshlar uchun qanday imtiyozlar bor?
Audio treyning: Minnatdorchilik meditatsiyasi Audio treyning: Minnatdorchilik meditatsiyasi
Maktab uchun ryukzakni qanday tanlash lozim? Maktab uchun ryukzakni qanday tanlash lozim?
Psixologik test: Sizningcha rasmdagi qaysi soya qiz bolaniki? Psixologik test: Sizningcha rasmdagi qaysi soya qiz bolaniki?
18-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali 18-may efirga uzatiladigan television darslar jadvali
Matematika fanidan olimpiada savollari 9-10-11-sinf Matematika fanidan olimpiada savollari 9-10-11-sinf
O‘quvchi darsdan so‘ng o‘g‘rilik qilsa maktab rahbariyatiga chora ko‘riladimi? O‘quvchi darsdan so‘ng o‘g‘rilik qilsa maktab rahbariyatiga chora ko‘riladimi?