Taʼlim tizimi rivoji uchun jamiyatning har bir aʼzosi masʼul
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yurtimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan taraqqiyotiga birlamchi eʼtibor qaratilayotganining yorqin namunasi boʻldi.
Aytish kerakki, Farmon bilan Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yana-da rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Unda taʼlim tizimi rivoji uchun jamiyatning har bir aʼzosi masʼul ekanligi alohida belgilandi. Bundan buyon oʻqituvchi maqomini oshirish, uning avvalgi obroʻ-eʼtiborini tiklash, taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlarni yaxshilash hokimliklar zimmasidagi asosiy vazifa sifatida belgilab qoʻyilgan boʻlsa, Xalq taʼlimi vazirligining maktablar mazmuniga javob berishi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi. Boshqacha aytganda, bundan buyon mahalliy rahbarlar ishiga paxta, gʻallaga qarab emas, taʼlim-tarbiya uchun yaratilgan shart-sharoitga, ilmli-maʼnaviyatli yoshlarga qarab baho beriladi.
Ushbu tarixiy Farmonga partiyamiz dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yondashadigan boʻlsak, unda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish alohida qayd etilgan. Yaʼni endilikda tajriba sifatida umumiy taʼlim muassasalarini keyinchalik kengaytirish huquqi bilan 5 yilga xususiy sektorning ishonchli boshqaruviga oʻtkazishi belgilandi. Oʻz navbatida, davlat byudjetidan taʼlim muassasalarini taʼminlash uchun ajratiladigan mablagʻlar ham kamaytirilmaydi.
Koʻpchilik yurtdoshlarimizda maktablar maʼlum muddat tadbirkorlar boshqaruviga oʻtsa, pullik boʻladimi degan savol tugʻilishi mumkin. Farmonda xususiy mulkdor zimmasiga bolalar uchun bepul taʼlim berish, binolarni taʼmirlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash kabi majburiyatlar yuklangan. Bundan tashqari, boʻsh binolar va yerlar boshqaruvchiga sport yoki madaniyat muassasalarini tashkil etish uchun ajratiladi. Bu normalar pullik degan tushunchalarga oʻrin qoldirmaydi.
Eʼtiborga molik jihati, OʻzLiDeP Saylovoldi dasturidagi quyidagi vazifalar farmonda toʻla qamrab olindi. Xususan, partiyamiz dasturida maktabdan boshlab oliy taʼlim muassasalarida ham tadbirkorlik darslarini oʻtish, toʻgaraklar tashkil etish, jumladan, Tadbirkorlar akademiyasini, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalting markazlarini tashkillashtirish masalalari ilgari surilgan. Farmonda esa oʻquvchilarning maktab fanlari boʻyicha amaliy darslarini salohiyatli ish beruvchilar, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi korxonalari, klasterlar va kooperatsiyalarda oʻtkazish belgilandi. Kengroq mushohada qilinsa, ushbu vazifaning amalga oshirilishi yoshlarning hayotda munosib oʻrin topishiga xizmat qiladi. Bir soʻz bilan aytganda, farmonda qoʻyilgan vazifalar bolaning taʼlimdagi ilk qadamidan boshlab, kasb tanlashi, hayotga mustaqil qadam qoʻyishigacha boʻlgan davrda uzviylikni taʼminlashga qaratilgan desak toʻgʻri boʻladi.
Sir emas, bugun raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanyapti. Zamonaviy texnologiyalar kirmagan soha qolmadi hisob. Lekin, ushbu texnologiyalar oʻz-oʻzidan ishlamaydi. Ularniyam kimdir aql bilan harakatga keltirsagina foyda beradi. Aksincha boʻlsa, taraqqiyotning soat sayin yangilanib borayotgan kashfiyotlariga mahliyo boʻlib oʻtiraveramiz. Raqamli texnologiyalarni tilini topish uchun albatta puxta bilimga ega, salohiyatli yoshlar kerak.
Farmonda bu masalada ham muhim vazifalar belgilandi. Xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda taʼlimni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy taʼlimni yana-da rivojlantirish, taʼlim oluvchilar oʻrtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish shular jumlasidandir. Bundan koʻzlangan maqsad nima? Ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, iqtidorli yoshlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirishdan iborat. Zero, Uchinchi Renessans poydevorini zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, salohiyatli yoshlar quradi.
Umuman olganda, taʼlim tizimini rivojlantirish bir kishining ishi emas. Shunday ekan davlat rahbarining Farmonida belgilangan hayotiy vazifalar ijrosini birgalikda bajarish kim va qaysi sohada ishlashimizdan qatʼi nazar har birimizning insoniy burchimizdir.
Shahnoza XOLMAXAMATOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:26
Mandate.dtm.uz 2022. Imtihon natijalari, DTM test natijalari Mandate.dtm.uz 2022. Imtihon natijalari, DTM test natijalari
Eng yaxshi o'qituvchi bo'lish usullari Eng yaxshi o'qituvchi bo'lish usullari
Maktablarga quyosh panellari o'rnatilmoqda Maktablarga quyosh panellari o'rnatilmoqda
Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar to’plami Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar to’plami
O’quv yili tugasa darsliklar qay tartibda yig’ib olinadi? O’quv yili tugasa darsliklar qay tartibda yig’ib olinadi?
Kechki ta’lim qabul kvotasi 2021 yuklab olish kvotalar Kechki ta’lim qabul kvotasi 2021 yuklab olish kvotalar
Qoralama varoqdan javoblar varaqasiga javoblar ko'chirilmasa nima bo’ladi? Qoralama varoqdan javoblar varaqasiga javoblar ko'chirilmasa nima bo’ladi?
Barcha fanlardan 2020-2021 o’quv yiliga yillik ish rejalar to’plami Barcha fanlardan 2020-2021 o’quv yiliga yillik ish rejalar to’plami
9-sentabr DTM test natijalari e’lon qilindi 9-sentabr DTM test natijalari e’lon qilindi
Kimyo fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf Kimyo fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf
Yoʻldosh Sulaymon hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Yoʻldosh Sulaymon hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Abituriyentlar diqqatiga! 2021-2022 shoshiling, ulgurib qoling! Abituriyentlar diqqatiga! 2021-2022 shoshiling, ulgurib qoling!
Maktab o‘quvchisi — qiz bola dars vaqtida vafot etdi Maktab o‘quvchisi — qiz bola dars vaqtida vafot etdi
O'zaro yozishmalar, ularni oshkor qilish mumkinmi? O'zaro yozishmalar, ularni oshkor qilish mumkinmi?
Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi
Oʻzbekistonda yana bir OTM ochiladi Oʻzbekistonda yana bir OTM ochiladi
Qoraqalpoq tili DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan Qoraqalpoq tili DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan
Biologiya mavzulashtirilgan testlar to’plami 5-11 sinf Biologiya mavzulashtirilgan testlar to’plami 5-11 sinf
ISKANDAR MAKEDONSKIY VA ZULQARNAYN BIR SHAXSMI? ISKANDAR MAKEDONSKIY VA ZULQARNAYN BIR SHAXSMI?
Sh.Shermatov: Maktablar ochilishi bo’yicha qarorni mahalliy deputatlar qabul qiladi Sh.Shermatov: Maktablar ochilishi bo’yicha qarorni mahalliy deputatlar qabul qiladi