Sherzod Shermatov: Asosiy e’tibor qizil kategoriyadagi maktablarga qaratiladi
Ta’lim sifati past maktablar jamoasi natijaga ishlash uchun bor imkoniyatini safarbar etishlari zarur, aks holda bu ishni boshqa jamoa amalga oshiradi!
Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Prezidentimiz Murojaatnomada ta’lim sifatini barcha maktablarda ko‘tarish bo‘yicha juda katta vazifani belgilab berdilar. Buning uchun ta’lim sifati past maktabga boshqa tumandan borgan malakali o‘qituvchi uchun 50% ustama, boshqa viloyatdan kelganiga esa 100% ustama berish ko‘zda tutilayapti.
Xabaringiz bor, bitiruvchisining birontasi ham oliy ta’lim muassasasi (OTM)ga kirmagan maktablarda uzoq vaqt ishlagan rahbarlarni lavozimdan olish bo‘yicha choralar boshlangani sabab, ushbu maktablar jamoasi harakatga tushib, bir yil ichida bunday maktablar soni 3 barobar kamaydi!
Buyog‘iga o‘quvchilar bitirishiga atigi yarim yil qoldi. Shuning uchun ushbu grafikda ko‘rsatilgan to‘q qizil rangdagi (0%) va qizil rangdagi (10 foizgacha ko‘rsatgichga ega) maktablar uchun bu yil juda katta sinov yili bo‘ladi. Shuning uchun, ushbu maktablar jamoasi birlashib natijaga harakat qilishi zarur! Avvalgidek, biz ketsak, o‘rnimizga o‘qituvchi topilmaydi deyish xomxayoldan boshqa narsa emas.
Vazirlik, viloyat va tuman bo‘linmalari xodimlari ham bundan buyon FAQAT qizil (10 foizgacha ko‘rsatkichli) maktablarga borib, ulardagi ahvolni yaxshilash bo‘yicha ishlaydi. Yashil kategoriyadagi maktablarga umuman bormasa ham bo‘ladi, ularga xalaqit qilinmasa bo‘ldi asosiysi. Ularda yaxshi yosh kadrlar bo‘lsa, qizil kategoriyadagi maktablarning rahbar lavozimlariga tavsiya etish kerak xolos. Shundagina ushbu yashil maktablardagi ijobiy muhit qizil maktablarga ham tezroq tarqaladi.
PS. Albatta, bu masala ertaga anchagina shov-shuv, xaypga aylanishi ham mumkin, chunki hech kim ishdan shundoq ketishni xohlamaydi. Lekin, maktabda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beradigan o‘qituvchilar ishlashi kerak, ularni faqat hurmatini oshirib, qo‘shimcha sharoit yaratishga harakat qilib boramiz. Aksincha, o‘zini ustida ishlamaydigan, adashib maktabga kelib qolgan, avvalgi majburiy mehnat tizimida qandaydir saqlanib yurgan insonlarga internetda xayp ko‘tarishga harakat qilgandan ko‘ra, sekin maktabdan boshqa joydan ish topishni maslahat beramiz. Bundan buyog‘iga maktablar faqat natijaga harakat qiladi, o‘qituvchilar ham o‘z ustida ishlashlari zarur. Viloyatlarda bir stavkada bir nechta o‘qituvchi ishlayotgan maktablar ham anchagina, o‘qituvchilarning umumiy soni stavkalarning sonidan 80 mingdan ortiq!
Asosiy e’tibor quyidagi fotodagi qizil kategoriyadagi maktablarga qaratilishi zarur:

Команда некачественных школ должна сделать все возможное, чтобы работать на результат, иначе работу сделает другая команда!
Об этом сообщил министр народного образования Шерзод Шерматов.
В своем Послании Президент поставил большую задачу по повышению качества образования во всех школах. Квалифицированному учителю из другого района планируется дать 50% бонус, а школе из другого региона 100% бонус.
Как известно, в результате принятых мер по увольнению директоров-долгожителей в школах, где никто из выпускников не поступил в высшие учебные заведения (ВУЗы), коллектив этих школ принял меры, и количество таких школ сократилось в 3 раза. через год!
Студентам осталось всего полгода до выпуска. Таким образом, этот год будет большим испытанием для темно-красных (0%) и красных (до 10%) школ, показанных на этой диаграмме. Поэтому необходимо, чтобы команда этих школ объединялась и работала на результат! Как и раньше, это фантазия говорить, что если мы уйдем, не будет учителя, который нас заменит.
Сотрудники министерства, областных и районных управлений также будут ходить ТОЛЬКО в красные (до 10%) школы и работать над улучшением своего положения. Главное, вообще не ходить в зеленые школы, лишь бы их не беспокоили. Если у них есть хорошие молодые кадры, их следует рекомендовать на руководящие должности в красных школах. Только тогда позитивная атмосфера в этих зеленых школах быстрее распространится и на красные школы.
PS. Конечно, завтра этот вопрос может стать большим шумом, ведь никто не хочет так уходить с работы. Однако в школе должны быть учителя, которые учат учеников, и мы лишь постараемся создать для них дополнительные условия, повысив их уважение. Наоборот, мы советуем людям, не занимающимся самозанятостью, заблудившимся в школе, каким-то образом застрявшим в прежней системе принудительного труда, искать работу в другом месте вне школы, а не пытаться поднимать шум в Интернете. . Отныне школы будут работать только на результат, а учителям придется работать над собой. В провинциях много школ с более чем одним учителем, а общее количество учителей составляет более 80 000 человек!
В центре внимания должны быть школы в красной категории на фото ниже:

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:51:32
Toshkent shahrida uy-joy narxlari pasaymoqdami? Toshkent shahrida uy-joy narxlari pasaymoqdami?
Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlari elektronlashtiriladi Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlari elektronlashtiriladi
Telefon va kampyuterlar uchun zoom dasturini yuklab olish Telefon va kampyuterlar uchun zoom dasturini yuklab olish
Yaxshi suhbatdosh bo'lishning 20 qoidasi Yaxshi suhbatdosh bo'lishning 20 qoidasi
Onlayn darslar uchun koʻngilli ustozlar izlanmoqda! Onlayn darslar uchun koʻngilli ustozlar izlanmoqda!
onlinedu.uz onlayn malaka oshirish, O’qituvchilar malakasi onlinedu.uz onlayn malaka oshirish, O’qituvchilar malakasi
2-sentabr DTM test natijalari e’lon qilindi 2-sentabr DTM test natijalari e’lon qilindi
Xorijda ishlayotganlarga pensiya hisoblash uchun ish haqi qanday aniqlanadi? Xorijda ishlayotganlarga pensiya hisoblash uchun ish haqi qanday aniqlanadi?
Bilimdon Bo’lish Uchun 7ta Samarali Maslahatlar Bilimdon Bo’lish Uchun 7ta Samarali Maslahatlar
Oliy ta’lim vazirligi QS xalqaro reyting agentligi bilan shartnoma imzoladi Oliy ta’lim vazirligi QS xalqaro reyting agentligi bilan shartnoma imzoladi
Televizion darslarni suratga olish davom ettiriladi Televizion darslarni suratga olish davom ettiriladi
8-oktabr onlayn darslar jadvali 8-oktabr onlayn darslar jadvali
Magistraturaga onlayn hujjat topshirishda mutaxassislikni o’zgartirish mumkinmi? Magistraturaga onlayn hujjat topshirishda mutaxassislikni o’zgartirish mumkinmi?
Inson uchun 2 yoshdan 90 yoshgacha yutuq nima? Inson uchun 2 yoshdan 90 yoshgacha yutuq nima?
Darslarda qo'llanadigan interfaol metodlar Darslarda qo'llanadigan interfaol metodlar
Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik sifatli amalga oshiriladi Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik sifatli amalga oshiriladi
Bo’shliqqa tushgan o’quvchilar bilan ishlash hujjatlari Bo’shliqqa tushgan o’quvchilar bilan ishlash hujjatlari
24-yanvar onlayn darslar jadvali 2022-yil 24-yanvar onlayn darslar jadvali 2022-yil
Amaliy fanlar metodbirlashma hujjatlari yuklab olish Amaliy fanlar metodbirlashma hujjatlari yuklab olish
Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar to’plami Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar to’plami