“Talabalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”ni tashkil etish taklif etilmoqda
Soʻnggi vaqtlarda koʻplab yoshlarning oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovlarini toʻlashda qiyinchiliklarga uchrayotganliklari haqida murojaatlar boʻlmoqda.
Bu oʻz oʻrnida taʼlim kreditlarini berish tartibini qayta koʻrib chiqish va qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etishni taqazo etmoqda.
Ogʻriqlisi bir qator talaba yoshlar mablagʻi boʻlmaganligi sababli oʻqishni tashlab ketishga ham majbur boʻlishmoqda. Ushbu masala pandemiya sharoitida yana-da dolzarb boʻlib boryapti.
Amaldagi tartiblarga koʻra, tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari boʻyicha:
— chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
— talabalarning qolgan toifalariga — 2020-yil 1-yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.
Taʼlim kreditlari boʻyicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qoʻshiladigan foizlar uchun toʻlovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishiga qarab oʻzgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
Shuningdek, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan talabalar uchun kredit boʻyicha qoʻshilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozga ega boʻlgan oilalar kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 44-son qaroriga 1-ilova) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.
Biroq, amaliyotda taʼlim krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanishda qiyinchiliklar mavjud, qancha qismini kompensatsiya qilinishi aniq belgilanmagan.
Shuningdek, kam taʼminlangan oila ekanligini isbotlash jarayoni ham oson emas.
Talabalarga taʼlim kreditlari ajratilishini koʻpaytirish, yengillashtirish hamda belgilanadigan imtiyoz shartlarini umumlashtirish maqsadida biz alohida “Talabalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”ni tashkil etish kerak, degan taklifni ilgari surmoqchimiz.
Ushbu jamgʻarmaning moliyaviy manbalari etib oshirilgan kontrakt toʻlovlarining, oliy taʼlim muassasalarida boʻsh turgan mablagʻlarni depozitga qoʻyishdan tushgan foydaning 5-10 foizi, xayriya mablagʻlari, shuningdek, “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarining taʼlim krediti foizlarini kompensatsiya qilishga yoʻnaltirilgan qismi;
— qoldiq mablagʻlar shuningdek, zarur boʻlganda byudjet mablagʻlari etib belgilash;
jamgʻarma mablagʻlarini toʻlov shartnomasi asosida oʻqiyotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalarining 25 foiziga, bitiruvchi bosqich talabalarining 75 foiziga qolgan bosqichlarda oʻqiyotgan talabalarning esa 50 foiziga tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarining yarmini, chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlarga esa toʻliq toʻlashga yoʻnaltirish kerak boʻladi.
Ushbu taklifning qoʻllab-quvvatlanishi talaba yoshlarga yordam berish borasida davlat rahbari boshchiligida Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi boʻladi, degan umiddamiz.
Rasul Kusherbayev,
Jahongir Mamajonov,
Abdurashid Abduqodirov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari
Источник: XS.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:15
Sherzod Shermatov internetda muhokamalarga sabab bo‘layotgan achinarli ahvoldagi sinfxonalar bo‘yicha munosabat bildirdi Sherzod Shermatov internetda muhokamalarga sabab bo‘layotgan achinarli ahvoldagi sinfxonalar bo‘yicha munosabat bildirdi
Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi onlayn ta’lim tizimiga o‘ta olmadi Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi onlayn ta’lim tizimiga o‘ta olmadi
Psixologik test: sevgi yo’lida qanday zaifliklarga yo’l qo’ymoqdasiz? Psixologik test: sevgi yo’lida qanday zaifliklarga yo’l qo’ymoqdasiz?
2021-2022 qozoq tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 qozoq tili bo'yicha variativ ish rejalar to'plami
Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar ogohlantirildi Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar ogohlantirildi
Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi
XTV “Onlayn maktab” loyihasida ishlash uchun o’qituvchilarni taklif etmoqda XTV “Onlayn maktab” loyihasida ishlash uchun o’qituvchilarni taklif etmoqda
5-9 sinflar uchun bayonlar to’plami 5-9 sinflar uchun bayonlar to’plami
MOBIUZ o’qituvchilar tariff rejasi uchun limitlarni oshirdi MOBIUZ o’qituvchilar tariff rejasi uchun limitlarni oshirdi
2022-2023 Yangi ta’lim yo‘nalishlari fanlar majmuasi yuklab olish 2022-2023 Yangi ta’lim yo‘nalishlari fanlar majmuasi yuklab olish
2020-2021 test o’tkaziladigan binolar ro’yhati va manzili 2020-2021 test o’tkaziladigan binolar ro’yhati va manzili
Kelajak yoqilg‘ilari haqida Kelajak yoqilg‘ilari haqida
Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod bormi? Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod bormi?
21-oktabr til bayrami uchun senariylar to’plami 21-oktabr til bayrami uchun senariylar to’plami
Bu yil Navro‘z bayramida qancha dam olinadi? Bu yil Navro‘z bayramida qancha dam olinadi?
Tarix: 186 o’quvchi o’ldirilgan kunga 16 yil bo’ldi Tarix: 186 o’quvchi o’ldirilgan kunga 16 yil bo’ldi
Shukur Xolmirzayev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Shukur Xolmirzayev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
"Hizr alayhissalom kim, u odamlarga ko‘rinadimi?" "Hizr alayhissalom kim, u odamlarga ko‘rinadimi?"
Ortiqcha axborotni qanday yengish mumkin? Ortiqcha axborotni qanday yengish mumkin?
Takrorlash bilimni mustahkamlaydi, ammo... Takrorlash bilimni mustahkamlaydi, ammo...