ETILATSETAT

ETILATSETAT, CH3COOC2H5 murakkab efir; yoqimli meva hidli, rangsiz uchuvchan suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 82,4°, qaynash t-rasi 77,1°, zichligi 900 kg/m3; suvda eriydi, spirt va efir bilan cheksiz aralashadi.

Etilatsetat atsetaldegiddan va sirka kislotani etanol bilan eterifikasshsh olinadi. Etilatsetat nitrotsellyuloza, sellyuloid, alkid, vinil, polivinilatsetat smolalari, xlorkauchuk va boshqalar uchun erituvchi sifatida qoʻllanadi; spirtli aralashmasi atsetilsellyuloza, loklar va boshqalarni eritishda ishlatiladi. Etilatsetat — narkotik modda, bugʻi shilliq pardaga taʼsir etadi, dermatitlar va ekzemaga sabab boʻladi. Havoda Etilatsetat bugʻi 200 mg/m3 dan koʻp boʻlmasligi kerak.