EBONIT

EBONIT (yun. yeepoa — qora daraxt) , qattiq rezina — tabiiy yoki sunʼiy kauchukni oltingugurt (kauchuk massasiga nisbatan 30—50%) bilan vulkanizatsiyalashdan hosil boʻlgan mahsulot. E. da bogʻlangan oltingugurt 32% ga yaqin, formulasi (S6N95)2. E. qoʻngʻir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m3, mexanik ishlovga oson beriladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsulotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori trada eriydi. 70 — 80° da yumshaydi, soviganda yana qattiqlashadi, 200° dan yuqori trada erimay koʻmirga aylanadi.

Ebonit tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. Toʻldirgich sifatida Ebonit kukuni, talk, pemza, oq qurum va boshqalar ishlatiladi. Qora tusli Ebonitga oz miqdorda (3—5%) qurum qoʻshiladi. Ebonit, asosan, elektrotexnika mahsulotlari, kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qoʻllanadi.