EBINUR

EBINUR — Xitoyning shim. garbiy qismidagi oqmas shoʻr koʻl, Jungʻariya tekisligida. Maydoni koʻlga quyiladigan daryolarning suv hajmiga qarab 800 km2 dan 1070 km2gacha oʻzgaradi. Eng chuqur joyi 15 m. Koʻl atrofi shoʻrxok va qumli yerlar. Qishda muzlaydi.