ESTROGENLAR

ESTROGENLAR (yangi lot. oqmoq va …gen) — odam va umurtqali hayvonlar jinsiy gormoni; asosan, ayollar tuxumdonida, shuningdek, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatida, platsenta va urugʻdonda hosil boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra steroid. Ayollar jinsiy aʼzolari funksiyasi va rivojlanishini, sut bezlarining normal oʻsishini kuchaytiradi. Suyaklarning oʻsishi, suvtuz almashinishi va boshqalarga taʼsir etadi. Ayollar gavdasining normal boʻlishi Estrogenlarga bogʻliq. Estrogenlarga estradiol va estron kiradi.