ESTONLAR

ESTONLAR (oʻzlarini eestlased deb atashadi) — xalq. Estoniyaning asosiy aholisi (963 ming kishi); RFda 46,4 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, AQSH, Kanada, Shvetsiya va Avstraliyada ham yashaydilar. Umumiy soni taxm. 1,1 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Eston tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, pravoslavlar ham bor. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik, chorvachilik, dengiz sohilida yashaydiganlarniki — baliq ovlash. Shuningdek, Estonlarning salmoqli qismi sanoatda band.