ESSEN

ESSEN — Germaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Shim. ReynVestfaliya yerida. Aholisi 601 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. ReynXerne kanali boʻyidagi port. Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, mashinasozlik (shu jumladan, elektrotexnika, ogʻir va transport mashinasozligi), toʻqimachilik, poligrafiya, sement, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Essenda yirik sanoat va moliya kompaniyalarining boshqarmalari joylashgan. Oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, muzeylar (xususan, Folkvang muzeyi, 19—20-asrlar sanʼati) bor. Shahar ilk bor 11-asrga oid yozma manbalarda tilga olingan. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika cherkovi, sobor saqlangan.