EROZIYA (tibbiyotda) — teri epitelial yoki shilliq qavatlarining shilinishi va yaralanishi. Eroziyada epitelial qavat zararlanadi. Mexanik taʼsirlar (mas, terining chaqalanishi, shilinishi), degenerativ yalligʻlanish jarayonlari (mas, meʼda E. si), yaralangan joydan ajraladigan patologik suyuklik taʼsiri (mas, bachadon boʻyni Eroziyasi) Eroziya gaolib keladi. Meʼda shilliq qavati Eroziyasi kattaligi mayda nuqtachalardan bir necha santimetrgacha boʻlib, meʼda kirish qismida uchraydi. Teri E. si mexanik taʼsirlar tufayli, shuningdek, teridagi pufakchalar, pustulalarning yorilishidan vujudga keladi. Eroziya koʻproq qizil rangda boʻlib, baʼzan yiring bilan qoplanadi. Bachadon boʻyni eroziyasi, asosan, bachadon boʻyni kanalining yalligʻlanishi oqibatida vujudga keladi. Eroziya butunlay tuzalib ketganidan soʻng oʻrnida vaqtinchalik dogʻ qoladi. Eroziyani keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlab davolash kerak.