ERI

ERI — Shim. Amerikadagi koʻl, Buyuk koʻllar sistemasida. Shim. qismi Kanadaga, jan. AQSHga qarashli. Mayd. 25,7 ming km2. Eng chuqur joyi 64 m, sathining bal. 174 m. E. ga Detroyt daryosi quyilib, undan Niagara daryosi oqib chiqadi. Erini SentKler daryosi Guron koʻli bilan, Niagara daryosi va Uellend kanali Ontario koʻli bilan birlashtirib turadi. Eri kanal sistemasi orqali Gudzon daryosi bilan bogʻlangan. Muhim portlari: Tolido, Klivlend, Buffalo, Eri (AQSH), PortKolborn (Kanada). Shim. sohillarida milliy bogʻlar tashkil etilgan.