ERARIY

ERARIY (lot. — mis, pul) — qadimiy Rimda davlat xazinasi. Saturn ibodatxonasida saqlangan. Respublika davrida senat (uni kvestorlar boshqargan), imperiya davrida — imperatorlar ixtiyorida boʻlgan. Imperator Avgust E. ni imeratorning xususiy kassasi — fisk bilan qoʻshib yuborgan. Erariy tepasida imperiya davrida pretorlar turgan.