EON

EON (yun. — asr. davr) — bir necha eralarni birlashtiruvchi geoxronologik shkalaning kichik boʻlimi. Arxey va proterozoy eralaridan iborat tokembriy E. va paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralaridan tashkil topgan fanerozoy Eon farq qilinadi. E. Yer geologik tarixi davomida eonotema rivojlangan uzoq vaqt boʻlib, bir necha yuz mln. yil davom etadi.