ENSELAD

ENSELAD (qad. yunon mifologiyasidagi Enselad nomidan) — Saturn sayyorasining yoʻldoshi; 1789-yilda Gershel kashf etgan. Diametri 500 km, sayyoradan oʻrtacha uzoqligi 238 ming km. Massasi Oy massasining 0,001 ulushini tashkil qiladi. Sayyora atrofini 1 sutka 8 soat 53 min. da aylanib chiqadi (yana q. Sayyoralarning yoʻldoshlari).