ENKEBAKLUND KOMETASI

ENKEBAKLUND KOMETASI — Quyosh atrofida aylanish davriga ega boʻlgan davriy kometa. 1786-yilda fransuz astronomi A. Meshen kashf qilgan. 1818-yilda fransuz astronomi J. Pons uning davriyligini topgan. Nemis astronomi I. Enke kometaning Quyosh atrofida aylanish davri juda qisqa (taxm. 3,3 yil) ekanligini va oʻzgaruvchanligini aniqlagan. Rus astronomlari O. A. Baklund, S. G. Makover va boshqalarning keyingi tadqiqotlari kometaning tezlanishi 1819—68 yillarda eng katta boʻlganligini, keyinchalik (baʼzi oʻzgarishlar bilan) uning kamayganligini koʻrsatgan. Kometaning ravshanligi yuz yilda taxm. 1,0—1,5 yulduz kaggaligida kamayadi.