ENDERS Jon Franklin

ENDERS Jon Franklin (1897.10.2, UestXartford, Konnektikut shtati —1985.8.9, Uoterford) — amerikalik virusolog. AQSH milliy FA, Amerika fan va sanʼat akademiyasi hamda London Qirollik jamiyati aʼzosi. Yelsk kollejini tugatgan (1920). 1929—56 yillarda Garvard untida dars bergan. Ayni chogʻda 1946-yildan Bostondagi pediatriya markazi, infeksion kasalliklar lab. hamda bolalar shifoxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 1956-yildan Garvard tibbiyet maktabi bolalar kasalxonasida prof. Ilmiy faoliyati bakteriologiya, immunologiya, virusologiyaga oid. Poliomiyelit virusini undirish texnologiyasini ishlab chiqishda qatnashgan. Qizamiqqa qarshi vaksina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1954; hamkorlikda).