EMPIRIOKRITITSIZM

EMPIRIOKRITITSIZM (yun. — tajriba va — tanqid) — falsafiy oqim. Asoschisi — R. Avenarius, E. Max. 19-asr oxiri — 20-asr boshida paydo boʻlgan. Empiriokrititsizmning asosiy mohiyati bilish jarayonida tajriba usullarini rad etishdir. Empiriokrititsizm borliqni «betaraf elementlar», yaʼni sezgilar majmuidan iborat, deb hisoblaydi. Bunda tajriba sezgilardan iborat boʻlib, substansiya, materiya sababiyat va subyektdan tashqarida mavjud boʻladi. Empiriokrititsizm obyektiv olamning mustaqil mavjudligini rad etadi, uni faqat hissiyotlarga bogʻlab qoʻyadi, «sof tajriba»ni targʻib qiladi. Hoz. vaqtda Empiriokrititsizm nepozitivizm tomonidan qoʻllab quvvatlanmoqda.